24/11/2021

🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil yanvar-sentabr holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 5 549,0 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 61,0 %ini tashkil etdi.