24/11/2021

✅Joriy yilning 23-noyabr kuni barcha joylardagi kabi Qo‘qon shahridagi "G‘oziyog‘liq" mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

photo2021-11-2509-11-15
photo2021-11-2509-11-09

Seminarda shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Yusupov ishtirok etib, u o‘z so‘zida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi va ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi — 25 kun davom etishi, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi kabi ma’lumotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

Qo‘qon shahar statistika bo‘limi.