25/11/2021

Joriy yilning 25-noyabr kuni Farg‘ona viloyati iqtisodiyot boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

photo2021-11-2609-50-31
photo2021-11-2609-50-28
photo2021-11-2609-50-23
photo2021-11-2609-50-25
photo2021-11-2609-50-31 photo2021-11-2609-50-28 photo2021-11-2609-50-23 photo2021-11-2609-50-25

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassisi G‘. Mamajonov ishtirokchilarga  aholini ro‘yxatga olish jarayoni mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgani, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi. Bundan tashqari hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish bilan bog‘liq masalalar, turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini o‘tab bo‘lgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat obyektlarni qurish va ta’mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin bo‘lishi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

 

Axborot xizmati.