O‘zbekiston Resrublikasi Vazirlar Maxkamasining ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari deportamentining 2021-yil 11-noyabrdagi 30/09-15-1-sonli xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil ikkinchi yarim yillika mo‘ljallangan ish rejasiga asosan Vazirlar Mahkamasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqidagi qarorining ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish hamda amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishchi guruhi o‘z ishini boshladi. Jorimy yilning 26- noyabr kuni Farg‘ona Davlat universitetining axborot resurs markazida Farg‘ona viloyati hokimligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi boshqarmasi, viloyat statistika boshqarmasi hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining mutasaddi xodimlari hamda shahar va tuman ma’naviyat ishlari bo‘yicha hokim o‘rinbosarlari, kadastr agentligi bo‘limi, statistika bo‘limi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshliqlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda o‘z vakolatlari doirasida geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda davlat reyestriga kiritish, ko‘chalar, shohko‘chalarning nomlanishi, uylarning raqamlanishi, geogrfik obyektlarning nomlari yozilgan peshlavhalarni mavjudligi, yaroqliligi va davlat tilida to‘g‘ri ifodalanganligi holati, bir necha turdosh geografik obyektlarga aynan bir xil nom berilishi holatlarini oldini olish, tabiiy transport va muxandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish va ularni nomlarini o‘zgartirish, tarixiy-madaniy qadriyatlari hamda merosi bilan bog‘liq obyektlarning nomlarini saqlash kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Axborot xizmati.