Joriy yilning 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining yetakchi mutaxassisi Sh.Halimova ishtirokida Farg‘ona tumaniga qarashli “O‘rta Sho‘ra” MFYning sxematik xaritasini o‘rganish ishlarini olib borildi.
O‘rganish jarayonida Sh.Halimova tomonidan ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini to‘liq shakillantrish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi. Bundan tashqari ushbu mahalla fuqariolar yig‘ini faollariga 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ro‘yxatga olishni amalga oshirish chora-tadbirlar yuzasidan tushunchalar berdi. Xususan u aholini ro‘yxatga olish 3 ta bosqichda o‘tkazilshi, 1-bosqichda axolini ro‘yxatga olish, uni o‘tkazishda moliyaviy manbalarini aniqlash, xaritalash, aholi punktlari ro‘yxatini tuzish, ro‘yxatga olish varaqalarini chop etish, ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi xodimlarni o‘qitish, 2-bosqichda bevosita aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilishi, 3-bosqichda aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma‘lumotlarini qayta ishlash, dastlabki natijalarni olish, el’on qilish va tarqatish ishlari amalga oshirilishi haqida kehg ma’lumot berdi.
Axborot xizmati.