Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirmoqda.
Jumladan kuni-kecha viloyat statistika boshqarmasi xodimlari hamda tuman bo‘limi mutaxassisilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha viloyat radiomuloqot tashkil etildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining mohiyati va mazmuni haqida, o‘z hududlaridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari hamda korxona va tashkilotlarida mavzuga oid o‘tkazilayotgan o‘quv seminarlarning sifati va natijadorligi, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda kadastr palatasi hududiy bo‘linmalari bilan hakorlikda aholi punklarining sxematik xaritalarini qayta ko‘rib chiqish, ko‘cha nomlari va xonadonlarning raqamlanishi kabi ishlarning qay darajada amalga oshirilayotganliklari haqida so‘zlab berdilar.
Axborot xizmati.