29/11/2021

Barcha joylardagi kabi joriy yilning 26-noyabr kuni Bag‘dod tumanidagi  “Zafarobod” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishi bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda, Bag‘dod tumani statistika bo‘limining yetakchi mutaxassisi K.Imomov qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan so‘z yuritdi.

 

photo2021-11-3008-42-57
photo2021-11-3008-42-49
photo2021-11-3008-42-57 photo2021-11-3008-42-49

Aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganish uchun  eng katta manbaa ekanligi haqida ma’lumot berdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga keng va to‘liq javob berildi.

Bag‘dod tumani statistika bo‘limi.