30/11/2021

Joriy yilning 28-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 6-iyuldagi PF -6257-son Farmonining  mazmuni va mohiyatini tushuntirish yuzasidan “Korrupsiya-rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i S.Shamshidinov  kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarga mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlari buzilishiga olib kelishi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilishi, hayot sifatini yomonlashtirishi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib berishi haqida gapirib o‘tdi. Bundan tashqari korrupsiya xususan, demokratik jarayonlarning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi, iqtisodiy rivojlanishning sekinlashishi, kadrlar sifatining pasayishi va oqibatda barcha sohalarning oqsashiga, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga, hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab bo‘lishi haqida keng va atroflicha tushuncha berib o‘tdi. Shundan so‘ng kun tartibidagi masala bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

 

Axborot xizmati.