30/11/2021

Joriy yilning 30-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statististika boshqarmasining “Ro‘yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi, Farg‘ona shahar statistika bo‘limi xodimlari, viloyat televideniyasi hamda Farg‘ona shahridagi “Sharshara” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan mahallada ushbu tadbirga olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdilari.

photo2021-12-0111-59-03
photo2021-12-0111-59-01
photo2021-12-0111-59-06
photo2021-12-0111-58-58
photo2021-12-0111-59-03 photo2021-12-0111-59-01 photo2021-12-0111-59-06 photo2021-12-0111-58-58

Chunonchi, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari tomonidan ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish, kadastr agentligi bilan hakorlikda mahalla fuqarolar yig‘ining kartografik sxemalarini yangilash, qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

                                                                                                                                                     Axborot xizmati.