01/12/2021

Joriy yilning 1-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 6-iyuldagi PF -6257-son Farmonining mazmuni va mohiyatini tushuntirish yuzasidan “KORRUPSIYAGA YO‘Q DENG” mavzusida  o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. 

photo2021-12-0118-17-12
photo2021-12-0118-17-19
photo2021-12-0118-17-12 photo2021-12-0118-17-19

Yig‘ilishni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i S.Shamshidinov kirish so‘zi bilan ochib, ishtirokchilarga makroiqtisodiy va siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar, korrupsiya-davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga ulkan to‘siq ekanligini ko‘rsatdi.Mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi davlat organlari rahbar va xodimlarining eng ustuvor vazifasi ekanligini haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng kun tartibidagi masala bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

 

 

Axborot xizmati.