01/12/2021

Joriy yilning 1-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida” gi O‘RQ-707-son qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha  Farg‘ona Davlat Universiteti talabalari ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Statistik faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari” bo‘limi boshlig‘i Z.Mamadaliyev ishtirok etdi. U o‘z so‘zida  ushbu qonunda statistikani yuritish sohasidagi xalqaro tajribadan kelib chiqib, qonunda “Rasmiy statistika” tushunchasi kiritilligi, Amaldagi “davlat statistikasi” tushunchasi o‘rniga “rasmiy statistika” tushunchasining qo‘llanilishi orqali rasmiy statistikaning qamrov doirasi, uning sifatiga talablar hamda foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan axborotlarning huquqiy maqomi huquqiy belgilanganligi haqida gapirib o‘tdi.

 

photo2021-12-0208-05-09
photo2021-12-0208-05-06
photo2021-12-0208-05-03
photo2021-12-0208-04-58
photo2021-12-0208-05-01

Xususan, davlat statistikasi faqat statistika organlari tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlarni nazarda tutgan bo‘lsa, rasmiy statistika — mamlakatdagi barcha tayyorlovchilar tomonidan ushbu qonunga muvofiq shakllantiriladigan va tarqatiladigan statistik ma’lumotlarni bildiradi. Ushbu qonun qoidalariga mos kelmaydigan statistika rasmiy statistika sifatida qabul qilinmasligi belgilab qo‘yildi. Shundan so‘ng boshqarmaning “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil va o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G’.Mamajonov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorida ta’kidlab o‘tilganidek, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2019-yil 5-fevraldagi PF-5655-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy va metodik prinsiplarini, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan o‘tkazish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlaridagi mas’uliyatini yanada oshirish haqida to‘xtalib o‘tdi.

Axborot xizmati.