01/12/2021

🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil yanvar–sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyatida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 1 043,0 ming taga yetdi. 2020–yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni – 36,4 ming taga ko‘paydi.

👇Shu jumladan:
🟣Fermer xo‘jaliklari – 65,1 ming bosh
🟣Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari -968,8 ming bosh
🟣Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar- 9,1 ming boshni tashkil qildi.