01/12/2021

✅Joriy yilning 30-noyabr kuni Quva tumani hokimligida tuman mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va maslahatchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.

photo2021-12-0208-41-57
photo2021-12-0208-42-01
photo2021-12-0208-41-57 photo2021-12-0208-42-01

Tadbirda Quva tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O.Pozilov tomonidan aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1— 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi haqidagi ma’lumotlar yagona axborot tizimiga kiritilishi haqida ma’lumot berildi.

Quva tumani statistika bo‘limi.