02/12/2021

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16- mart kungi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi  O‘RQ-611-sonli Qonuni 15-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi  aholini ro‘yxatga  olish sohasidagi maxsus vakolatli  davlat organi sifatida qayd etilgan. Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga puxta tayyorgarlik  ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish maqsadida 2020 -yilning  avgust oyidan e’tiboran viloyat statistika boshqarmasida “Ro‘yxatga olish jarayonini tashkil yetish va o‘tkazish” bo‘limi tuzildi.

photo2021-12-0309-11-38
photo2021-12-0309-11-33
photo2021-12-0309-11-36

Ayni kungacha viloyat statistika boshqarmasida tashkil qilingan mazkur bo‘lim mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olishning birinchi bosqichi doirasida  ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, shu kungacha viloyatimizning shahar va tumanlarida aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari, ommaviy-axborot vositalari orqali mavzuga doir chiqishlar amalga oshirilmoqda, aholi gavjum bo‘lgan joylarda (moliya muassasalari va bozorlarda)  o‘rnatilgan monitorlar orqali tadbirning butun mohiyatini yorituvchi roliklar namoyishi  yo‘lga qo‘yilmoqda shu va boshqa ma’lumotlar joriy yilning 2-dekabr kuni Toshloq tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv seminarida aytib o‘tildi. Seminarni tuman statistika bo‘limining yetakchi mutaxassisi M.Ahrorov olib bordi.

 

Toshloq tumani statistika bo‘limi.