03/12/2021

Joriy yilning 3-dekabr kuni Yozyovon tumaniga qarashli 1-sonli kasb-hunar maktabining oqituvchi va o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bajarilishi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.

photo2021-12-0411-25-43
photo2021-12-0411-25-46
photo2021-12-0411-25-43 photo2021-12-0411-25-46

Seminarda Yozyovon tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi  A.Hakimov so‘zga chiqib, aholini ro‘xatga olish  avvalo, aholining aniq soni, yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi (barcha aholi punktlari bo‘yicha), oilaviy ahvoli, ma’lumoti, kasbi, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari kabilar bo‘yicha batafsil ma’lumot to‘planishi, mazkur ko‘rsatkichlar orqali aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanishi, yurtdoshlarimiz migrasiyasi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar shakllantirilishi haqida so‘z yuriydi. Bundan tashqari, viloyat va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayollar hamda bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati kengayishi haqida to‘liq ma’lumot berdi.

Yozyovon tumani statistika bo‘limi.