03/12/2021

Joriy yilning 3-dekabr kuni, Uchko‘prik tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi a’zolari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

 

Seminarda, tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi O.Karimov qatnashdi. U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirar ekan, ushbu tadbirning maqsadi - mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida ma’lumot berdi .

Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi.