06/12/2021

Joriy yilning 3-dekabr kuni Uchko‘prik tumaniga qarashli “Qorayantoq” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

 

photo2021-12-0709-34-46
photo2021-12-0709-34-42
photo2021-12-0709-34-46 photo2021-12-0709-34-42

Seminarda tuman statistika bo‘limi mutaxassisi Yu.Karimov ishtirokchilarga  aholini ro‘yxatga olish jarayoni mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgani, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi.

 

Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi.