Joriy yilning 3-dekabr kuni Farg‘ona Davlat Universiteti talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh mutaxassisi B.Ahadjonov tomonidan aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va kelgysi l0-30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur maʼlumotlarni olish uchun asosiy manbaa ekanligi haqida axborot berib o‘tildi.
Axborot xizmati.