07/12/2021

🏢Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yil yanvar–sentabr oylari holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh son 8893,6 ming taga yetdi. Bu esa 2020–yilning mos davri bilan solishtirilganda 585,3 ming taga ko‘paygan.

👇Shu jumladan:
🔴Fermer xo‘jaliklari – 990,6 ming bosh
🔴Dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari -5 251,0 ming bosh
🔴Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar- 2 652,0 ming tonnani tashkil qildi.