Joriy yilning 10-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida” gi O‘RQ-707-son qonuni mazmun va mohiyatining asosiy jihatlari” mavzusida manbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Manbuot anjumanida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshligining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev matbuot anjumaniga kelgan OAV vakillari va jurnalist va blogerlarni qutlab, matbuot anjumanini kirish so‘zi bilan ochdi. U o‘z so‘zida ushbu qonunda statistikani yuritish sohasidagi xalqaro tajribadan kelib chiqib, qonunda “Rasmiy statistika” tushunchasi kiritilligi, Amaldagi “davlat statistikasi” tushunchasi o‘rniga “rasmiy statistika” tushunchasining qo‘llanilishi orqali rasmiy statistikaning qamrov doirasi, uning sifatiga talablar hamda foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan axborotlarning huquqiy maqomi huquqiy belgilanganligi haqida gapirib o‘tdi. Xususan, davlat statistikasi faqat statistika organlari tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlarni nazarda tutgan bo‘lsa, rasmiy statistika — mamlakatdagi barcha tayyorlovchilar tomonidan ushbu qonunga muvofiq shakllantiriladigan va tarqatiladigan statistik ma’lumotlarni bildiradi. Ushbu qonun qoidalariga mos kelmaydigan statistika rasmiy statistika sifatida qabul qilinmasligi belgilab qo‘yiiganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng so‘zni viloyat statistika boshqarma mutaxassisi G‘.Mamajonov so‘zga chiqib, rasmiy statistika — qonun doirasida tayyorlanadigan, tarqatiladigan va muvofiqlashtiriladigan statistik ma’lumotlarni bildirsa, milliy statistika tizimi — ushbu ma’lumotlarni tayyorlovchi hamda tarqatuvchi vazirlik va idoralar jamlanmasini anglatishi, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va e’lon qilish jarayonlarida rasmiy statistika subyektlari — rasmiy statistikani tayyorlovchilar, respondentlar, ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchi idoralar hamda statistik ma’lumotlardan foydalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalarni qamrab olish, rasmiy statistika sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hamda Vazirlar Mahkamasining rasmiy statistika sohasidagi vakolatlari belgilanishi, Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa rasmiy statistikani tayyorlovchilarning statistika sohasidagi qonuniy faoliyatiga har qanday aralashuvlarga yo‘l qo‘yilmasligi, Davlat statistika qo‘mitasining hududiy organlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqilligi va bevosita qo‘mitaga bo‘ysunishi mustahkamlab qo‘yilishi, Davlat statistika qo‘mitasiga milliy statistika tizimiga kiruvchi barcha rasmiy statistikani tayyorlovchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning statistik metodologiyalarini xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan auditdan o‘tkazish bilan bog‘liq vakolatlar berilishi, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, shakllantirish va e’lon qilish borasida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab beruvchi statistika dasturlari, uzoq yillik va yillik dasturlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va moliyalashtirish tartibi belgilab qo‘yilishi, statistik ma’lumotlardan foydalanish qoidalari tartibga solinib, jumladan, ma’muriy, shaxsiy va maxfiy ma’lumotlardan foydalanish, ularni qayta ishlash va saqlashda axborot xavfsizligini hamda maxfiylikni ta’minlash qoidalari belgilanishi, rasmiy statistik ma’lumotlarning sifati va ularni baholash, statistik ma’lumotlarni e’lon qilish hamda tarqatish siyosati va talablari tartibga solinishi, rasmiy statistika sohasida barcha statistik ma’lumotlarni tayyorlovchilar tomonidan xorijiy davlatlarning statistika idoralari va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirilishiga oid normalar mustahkamlanishi haqida so‘z yuritildi. Anjuman so‘ngida OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga to‘liq va atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati.