10/12/2021

Joriy yilning 9-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statististika boshqarmasining “Ro‘yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi, viloyat televideniyasi bilan hamkorlikda Buvayda tumani statistika bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida yaqindan tanishdi.

 

photo2021-12-1018-05-19
photo2021-12-1018-05-17
photo2021-12-1018-05-14
photo2021-12-1018-05-11
photo2021-12-1018-05-09
photo2021-12-1018-05-19 photo2021-12-1018-05-17 photo2021-12-1018-05-14 photo2021-12-1018-05-11 photo2021-12-1018-05-09

Jumladan, bo‘lim tomonidan mahallalarning cxematik xaritalari yangilanganligi, ko‘chalarning nomlangan belgilari mavjudligi, raqamlanmagan uylarning raqamlanishi tumanda joylashgan korxona va tashkilotlari, ta’lim muassasalari o‘tkazilayotgan tushuntirish ishlari bilan qiziqdilar. Shundan so‘ng Buvayda tumaniga qarashli “Maslahat” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Boshqarmaning “Ro‘yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov tomonidan  ushbu qarorning mazmun va mohiyati haqida qisqacha axborot berdi, ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish bo‘yicha mahalla xodimlariga yuklatilgan vazifalar haqida tushuncha berdi va amaliy yordam ko‘rsatildi.

 

Axborot xizmati.