10/12/2021

Joriy yilning 9-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statististika boshqarmasining “Ro‘yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari, viloyat televideniyasi hamda Dang‘ara tumani “Pishqaron” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan mahallada olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan yaqindan tanishishdi.

photo2021-12-1309-06-40
photo2021-12-1309-06-42
photo2021-12-1309-06-44
photo2021-12-1309-06-37
photo2021-12-1309-06-40 photo2021-12-1309-06-42 photo2021-12-1309-06-44 photo2021-12-1309-06-37

Xususan, “Pishqiron” MFY raisi M.Soliyeva ushbu qarorga asosan mahallada jami 723 ta xonadon bo‘lib, shundan 49 ta xonadonlar raqamlanmaganligi, bu borada aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilayotganligi haqida axborot berib o‘tdi. Shundan so‘ng Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazaqov va mazkur bo‘lim mutaxassisi G‘.Mamajonovlar  mahalla fuqarolar yig‘ini faollariga ushbu qarorning mazmun va mohiyati haqida qisqacha to‘xtalib, ko‘cha nomlarini, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish tartibi, mahalla xodimlariga yuklatilgan vazifalar hamda xarita bilan ishlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatdilar.

 

Axborot xizmati.