✅Joriy yilning 10-dekabr kuni Bag‘dod tumaniga qarashli 1-sonli kasb-hunar maktabining pedagig va xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman statistika bo‘limining yetakchi mutaxassisi K.Imomov ishtirok etib, aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi va u 3 bosqichda amalga oshishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yoshi, jinsi, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi shu va boshqa ma’lumotlarni yagona axborot tizimiga yig‘ishdan iboratligi haqida axborot berdi.
Bag‘dod tumani statistika bo‘limi.