13/12/2021

Kuni kecha Quvasoy shahridagi “A.Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

photo2021-12-1409-57-50
photo2021-12-1409-57-47
photo2021-12-1409-57-50 photo2021-12-1409-57-47

Seminarda, shahar statistika bo‘limining yetakchi mutaxassisi E.Rahmonov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirar ekan, ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad - mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida ma’lumot berdi .

Quvasoy shahar  statistika bo‘limi.