Joriy yilning 13-dekabr kuni Beshariq tumanidagi 54-ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda Beshariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Abdihamitov tomonidan aholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va kelgysi l0-30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun asosiy manbaa ekanligi haqida axborot berib o‘tildi.
Beshariq tumani statistika bo‘limi.