✅Joriy yilning 13-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Raqamlanmagan uylarni tahlil qilish” shtabining shahar va tuman statistika bo‘limi boshliqlari ishtirokida videoaloqa orqali yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni “Raqamlanmagan uylarni tahlil qilish” shtabi boshlig‘i S. Shamshidinov olib bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qarorining bajarilishi yuzasidan bugungi kungacha shahar va tumanlarda raqamlanmagan uylar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan bo‘lim boshliqlarining axboroti tinglandi. Shundan so‘ng mazkur holat yuzasidan joylarda yol qo‘yilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va belgilangan tartibda ko‘rsatmalar berildi.
Azborot xizmati.