Joriy yilning 13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tononidan tashkil etilgan viloyatlar “Investitsiyalar va qurilish statistikasi” bo‘limi xodimlari ishtirokida videoaloqa orqali seminar yig‘ilish bo‘lib otdi. O‘quv seminarida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Mamadaliyev hamda “Investitsiyalar va qurilish statistikasi” bo‘limi boshlig‘i L.Yefimova va bo‘lim xodimlari ishtirok etdilar.
Vebinarda 2021-yil yakuni boyicha ko‘rsatkichlar natijasi, oylik, choraklik va yillik topshiriladigan hisobotlarning xato va kamchiliklarini, hisobotga kiritilgan qo‘shimcha ma‘lumotlar, asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari statistikasi, qurilish ishlari hajmining tarkibi, hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil 13-apreldagi 24-son buyrug‘i, 2021-yil 9-aprel kungi 30-son buyruqlari ijrosi bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar faoliyatini statistik ko‘rsatkichlarini sifatli baholashni tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Seminar so‘ngida o‘quv mashg‘ulotda ko‘rilgan masalalar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.
Axborot xizmati.