14/12/2021

Joriy yilning 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan viloyat statistika boshqarmalarining “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistika” bo‘limi xodimlari uchun videoaloqa tarzida o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh.Mamadaliyev, “Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistika” bo‘limi boshlig‘i A.Akbarov va bo‘lim xodimlari ishtirok etdilar.

 

photo2021-12-1509-15-52
photo2021-12-1509-15-50
photo2021-12-1509-15-47
photo2021-12-1509-15-44
photo2021-12-1509-15-52 photo2021-12-1509-15-50 photo2021-12-1509-15-47 photo2021-12-1509-15-44

O‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 104-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan aholi punktlaridagi, ko‘chalar nomlari belgilarini o‘rnatish, uy va xonadonlarni raqamlashtirish ishlari yakuniga yetkazish hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida mavjud dehqon xo‘jaliklari soniga aniqliklar kiritish bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari 2021-yil yakuni boyicha qishloq xo‘jaligi sohasidagi ko‘rsatkichlarining natijasi, oylik, choraklik va yillik hisobotlarning xato va kamchiliklarsiz topshirish, hisobotga kiritilgan qo‘shimchalar  yuzasidan statistik ko‘rsatkichlarining sifatli bajaralishini tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shundan so‘ngi seminarda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha muzakaralar bo‘lib o‘tdi.

 Axborot xizmati.