15/12/2021

Beshariq  tumani statistika bo‘limi  tomonidan joriy yilning 14-dekabr kuni tumanga qarashli 5-maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish yuzasidan  seminar tashkil etildi.

photo2021-12-1607-49-56
photo2021-12-1607-49-51
photo2021-12-1607-49-53
photo2021-12-1607-49-56 photo2021-12-1607-49-51 photo2021-12-1607-49-53

Seminarda Beshariq tumani statistika bo‘limining yetakchi mutaxassisi A.Abduhamitov so‘zga chiqib,  ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga - olish mehnat va uy-joy bozorlarini o‘rganish va rejalashtirish, respublika budjetini tuzish, transport siyosatini yuritish, elektroenergetika, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari, til va diniy siyosat masalalarida juda muhim ahamiyat kasb etishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Seminar so‘ngida  muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

  

Beshariq  tumani statistika bo‘limi.