15/12/2021

Joriy yilning 15-dekabr kuni  Ozbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan viloyat statistika boshqarmalarining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari ishtirokida videoaloqa tarzida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Shamshidinov, “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazaqov va bo‘lim xodimlari qatnashdilar.

photo2021-12-1607-57-27
photo2021-12-1607-57-25
photo2021-12-1607-57-22
photo2021-12-1607-57-19
photo2021-12-1607-57-27 photo2021-12-1607-57-25 photo2021-12-1607-57-22 photo2021-12-1607-57-19

Vebinarda ushbu bo‘lim tomonidan bajarilgan ishlarning tahlili, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkam asining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat kadastr agentligi bilan hamkorlikda xaritalarni yangilash ishlarini yakuniga yetkazish, OAV da chiqishlarning holati, korxona va tashkilot, ta’lim muassasalarida targ‘ibot va tashviqot ishlarining sifatini oshirish haqida to‘htalib o‘tildi. Joriy yilning noyabr oyida mamlakatimizda sinov tariqasida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish jarayonlari bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarni  berish  yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Axborot xizmati.