15/12/2021

"O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Rishton tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O‘.Teshaboyev tomonidan tumanga qarashli 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining pedagog va xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

 

photo2021-12-1608-01-45
photo2021-12-1608-01-42
photo2021-12-1608-01-45 photo2021-12-1608-01-42

U xususan, aholini ro‘yxatga olishning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iborat ekanligi, aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish kabi shu va boshqa ma’lumotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

Rishton tumani statistika bo‘limi.