16/12/2021

Joriy yilning 15-dekabr kuni Yozyovon tumaniga qarashli 7- umumiy o‘rta ta’lim maktabining jamoasi ishtirokida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda Yozyovon tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi A.Xakimov ishtirok etdi.

photo2021-12-1710-43-43
photo2021-12-1710-43-46
photo2021-12-1710-43-43 photo2021-12-1710-43-46

U o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qarorining  mohiyati va mazmuni haqida to‘xtalib, aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari “ijtimoiy himoya”, “investisiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta’lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qilishi, kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirishda muhim o‘ringa ega ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Yozyovon tumani statistika bo‘limi.