16/12/2021

Joriy yilning 15-dekabr kuni Bag‘dod tumaniga qarashli 88-yordamchi maktab internatining xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

photo2021-12-1711-35-36
photo2021-12-1711-35-33
photo2021-12-1711-35-36 photo2021-12-1711-35-33

Seminarda Bag‘dod tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi K.Imomv ishtirok etib, u o‘z so‘zida aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, xususida batafsil ma'lumot olishga yordam berishi, shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblash, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib berishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Bagdod tumani statistika bo‘limi.