Joriy yilning 15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan viloyat statistika boshqarmalarining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bolimi xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bolimi xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda xizmatlar sohasi statistikasiga oid atamalar, hisobotlarni qabul qilish usullari bo‘yicha qo‘mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini o‘rgandi. Ko‘rilgan masalalar yuzasidan savol-javob o‘tkazildi.
Axborot xizmati.