16/12/2021

Joriy yilning 16-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika to‘g‘risida” gi O‘RQ-707-son qonuni hamda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha  Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining talabalari ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

photo2021-12-1712-02-28
photo2021-12-1712-02-25
photo2021-12-1712-02-22
photo2021-12-1712-02-18
photo2021-12-1712-02-28 photo2021-12-1712-02-25 photo2021-12-1712-02-22 photo2021-12-1712-02-18

Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati bosh mutaxassisi B. Maksudova so‘z olib, mazkur qonunchilikni yangilashdan asosiy maqsad faqat qonun qabul qilish emas, aksincha, yangi qonun ertaga odamlarga qanday amaliy naf berishi, ularning hayotini qanday yengillashtirishi haqida o‘ylash va mavjud muammolarning qonuniy yechimini hal etishdan iborat ekanligi, milliy statistika tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda isloh qilinishi, mamlakatdagi rasmiy statistik ma’lumotlarni tayyorlovchi barcha organlarning statistika sohasidagi faoliyati tartibga solinishi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda rasmiy statistikani tayyorlovchi boshqa idoralarning statistika sohasidagi professional mustaqilligi ta’minlanishi, foydalanuvchilarning ishonchli, sifatli va dolzarb rasmiy statistik ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishi, rasmiy statistikaning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasidagi islohotlarning natijadorligini ta’minlanlashdan iboratligi uqtirib o‘tildi.

Axborot xizmati.