Joriy yilning 16-dekabr kuni Oltiariq tumaniga qarashli 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi B.Siddiqov ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida aholi tarkibidagi, mamlakatning demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir ma’lumotlar bazasini kengaytirish, haqida tushuncha berib o‘tdi.
Oltiariq tumani statistika bo‘limi.