17/12/2021

Joriy  yilning 17- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida Narxlar statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish” mavzusida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda  Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Mamadaliyev, “Narxlar statistikasi” bo‘limi boshlig‘i X.Mo‘minov va bo‘lim xodimlari ishtirok etdilar. 

 

photo2021-12-1816-43-27
photo2021-12-1816-43-25
photo2021-12-1816-43-22
photo2021-12-1816-43-19
photo2021-12-1816-43-27 photo2021-12-1816-43-25 photo2021-12-1816-43-22 photo2021-12-1816-43-19

Seminar davomida narxlar statistikasiga oid atamalar, iste’mol narxlari indeksi va inflatsiyani hisoblash usullari bo‘yicha xodimlarining bilim va salohiyati o‘rganildi. Shuningdek,  narx statistik ko‘rsatkichlarini shakllantirish masalalari yuzasidan o‘z taklifini berib o‘tdi. Narxlar statistikasi bo‘limi xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.

Axborot xizmati.