17/12/2021

Joriy yilning 17-dekabr kuni, Rishton tumani pedagogika va iqtisodiyot kolleji talabalari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

photo2021-12-1816-52-48
photo2021-12-1816-52-45
photo2021-12-1816-52-48 photo2021-12-1816-52-45

Seminarda, tuman statistika bo‘limining boshlig‘i O‘Teshaboyev qatnashdi. U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirar ekan, ushbu tadbirning maqsadi - mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida ma’lumot berdi .

Rishton tumani statistika bo‘limi.