17/12/2021

Joriy yilning 17-dekabr kuni Qo‘shtepa tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari uchun tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi A.Ashurov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari o‘kazilgan.

Seminarda aholini ro‘yxatga olish jarayonida to‘plangan ma’lumotlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisoblanishi, viloyat va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ayollar hamda bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati kengayishi haqida gapirdi. Bundan tashqari, aholi punktlari infratuzilmasini yaxshilash, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va samarali joylashtirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda bu ma’lumotlar nihoyatda qo‘l kelishi, shuningdek, aholini ro‘yxatga olish natijasida milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritish, xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tahlillari uchun keng qamrovli axborotlar manbai yaratilishi haqidagi ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi.