O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha joriy yilning 18-dekabr kuni Yozyovon tumani qarashli “Kamalak” 10-son maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari ishtirokida targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.
Seminarda tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi A.Xakimov ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayoni mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgani, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi.
Yozyovon tumani statistika bo‘limi.