Joriy yilning 20-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish” mavzusida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E. Ro‘ziboyev, “Turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i H.Po‘latov va bo‘lim xodimlari ishtirok etdilar.
Seminar davomida turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasiga oid atamalar, 2021-yilda aholi turmush darajasini urganishda minimal istemol xarajatlarini ko‘rsatkichlari tahlili, 2022-yilda o‘tkaziladigan uy xo‘jaliklarini tanlama kuzatuvlari savolnomalariga kiritilgan oziq-ovqatxavfsizligi bo‘yicha xodimlarining bilim va salohiyati o‘rganildi. “Turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikas” bo‘limi xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.
Axborot xizmati.