Joriy yilning 21-dekabr kuni, Farg‘ona shahridagi 2-son oilaviy poliklinika xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda, Farg‘ona shahar statistika bo‘limi boshlig‘i R.Xasanov qatnashdi.
U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirar ekan, xususan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi haqidagi to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab, chiqish uchun katta manbaa ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Farg‘ona shahar statistika bo‘limi.