22/12/2021

Beshariq tumani statistika bo‘limi tomonidan tumandagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining pedagog va xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

 

photo2021-12-2309-54-50
photo2021-12-2309-54-47
photo2021-12-2309-54-44
photo2021-12-2309-54-42
photo2021-12-2309-54-50 photo2021-12-2309-54-47 photo2021-12-2309-54-44 photo2021-12-2309-54-42

Seminarni Beshariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Abduhamitov ochib, ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayoni 3- bosqichda o‘tkazilishi haqida to‘xtalib, ushbu jarayonda olingan ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi.

Beshariq tumani statistika bo‘limi.