22/12/2021

Joriy yilning 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarorining bajarilishi yuzasidan Quva tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O.Pozilov hamda tumanning bir guruh qishloq xo‘jaligi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ro‘yxatga olishni amalga oshirish chora-tadbirlar yuzasidan tushunchalar berildi.

photo2021-12-2309-57-17
photo2021-12-2309-57-14
photo2021-12-2309-57-17 photo2021-12-2309-57-14

Xususan aholini ro‘yxatga olish 3 ta bosqichda o‘tkazilshi, 1-bosqichda aholini ro‘yxatga olish, uni o‘tkazishda moliyaviy manbalarini aniqlash, xaritalash, aholi punktlari ro‘yxatini tuzish, ro‘yxatga olish varaqalarini chop etish, ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi xodimlarni o‘qitish, 2-bosqichda bevosita aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilishi, 3-bosqichda aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma‘lumotlarini qayta ishlash, dastlabki natijalarni olish, el’on qilish va tarqatish ishlari amalga oshirilishi haqida keng ma’lumot berildi.

Quva tumani  statistika bo‘limi.