22/12/2021

Joriy yilning 22- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalarning “Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari” bo‘limining xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Mamadaliyev, “Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bo'limi boshlig‘ Z.Mamataliyev va bo‘lim xodimlari ishtirok etdilar.

photo2021-12-2310-12-17
photo2021-12-2310-12-15
photo2021-12-2310-12-12
photo2021-12-2310-12-20
photo2021-12-2310-12-17 photo2021-12-2310-12-15 photo2021-12-2310-12-12 photo2021-12-2310-12-20

Seminar jarayonida bo‘limga oid tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash, 2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma’lumotlar bilan yuqori darajada ta’minlash borasida fikr-mulohazalar almashildi. Bundan tashqari hududiy statistika boshqarmalarining xodimlari savollarga javob berish jarayonida yalpi ichki (hududiy) mahsulot hajmi, o‘sish sur’ati va deflyatorini hisoblash bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi. Vebinar so‘nggida, milliy hisoblarning asosiy tushunchalari, qoidalari va ularni milliy statistika amaliyotiga joriy etish suhbatning asosini tashkil etdi.

Axborot xizmati.