Joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarorining bajarilishi yuzasidan Viloyat statistika boshqarmasining “Royxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi hamda Yozyovon tumani statistika bo‘limi tomonidan joylarda olib borilayotgan targ‘ibon ishlarini o‘rganish maqsadida Yozyovon tumani “Markaziy Farg‘ona” mahalla fuqarolar yig‘iniga borib, mahalla sxematik xaritalarini o‘rganish, ko‘cha nomi belgilari o‘rnatilganligi, raqamlanmagam uylarning raqamlanishi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ro‘yxatga olishni amalga oshirish chora-tadbirlar yuzasidan tushunchalar berildi. Xususan aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi,respublika hududida aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik o‘ziga xosliklar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni olish, xulosa va tahlillar qilishga imkoniyat yaratilishi haqida ma’lumot berildi.
Axborot xizmati.