Joriy yilning 23-dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan videoseminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining kadrlar bo‘limi boshlig‘i J.Akbarov ishtirok etdi.
Seminar jarayonida yurtimizda kadrlar malakasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, kadrlar malakasini oshirish va kasbiy salohiyatini rivojlantirsh borasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Seminar so‘nggida ishtirokchilarga kadrlar malakasini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati.