✅Rishton tumani statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan joriy yilning 23-dekabr kuni tuman hokimligida yangi hokim yordamchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminar davomida Rishton tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O‘. Teshaboyev ishtirokchilarga aholini ro‘yhatga olish O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot uzoq muddatli prognozlar va davlatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishi uchun maqsadli dasturlarini ishlab chiqishdan iboratligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Rishton tumani statistika bo‘limi.