24/12/2021

Kuni kecha barcha joylardagi kabi Farg‘ona shahridagi bolalar shifoxonasining xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi  710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2021-12-2509-15-00
photo2021-12-2509-14-56
photo2021-12-2509-15-00 photo2021-12-2509-14-56

Seminarda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi boshlig‘i R. Xasanov ishtirok etib, ishtirokchilarga  aholi sonini hisoblash, aniq belgilab qo‘yilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yakka tartibda hisobga olish  haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

Farg‘ona shahar statistika bo‘limi.