Barcha joylardagi kabi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat statistika boshqarmasining “Royxatga olish jarayonlarini tashkil etish” hamda Yozyovon tumani statistika bo‘limlari hakorligida Yozyovon tumani “Qo‘rg‘oncha” mahalla fuqarolar yig‘inida targ‘ibon ishlarini olib borildi.
Xususan, mahalla sxematik xaritalarini o‘rganish jarayonida nimalarga ahamiyat berish kerakligi, ko‘cha nomi belgilari o‘rnatilganligi, raqamlanmagam uylarning raqamlanishi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ro‘yxatga olishni amalga oshirish chora-tadbirlar yuzasidan aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik o‘ziga xosliklar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni olish, xulosa va tahlillar qilishga imkoniyat yaratilishi haqida ma’lumot berildi.
Axborot xizmati.